Xitoy koronavirus ko‘lami va qurbonlarini kamaytirib ko‘rsatyaptimi?

Olam

image

Xitoyning yangi koronavirus paydo bo‘lgan Uxan shahridagi rossiyalik Pavel Lichman “Zvezda” telekanaliga yangi ofat “o‘chog‘i”dagi vaziyat haqida gapirib berdi.

“Biz yashaydigan tumanda hammasi anchayin barqaror. Ammo umumiy olganda vaziyat keskinlashgan”, deydi Lichman. U shaharda do‘kon va dorixonalar ishlayotgani, biroq jamoat transporti va taksilar faoliyati to‘xtatilganini qo‘shimcha qildi.

Lichman shuningdek, Xitoy hukumati koronavirusdan kasallanganlar va qurbonlar haqidagi ma’lumotni kamaytirib ko‘rsatayotgani haqidagi mish-mishlarga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qator omillarni hisobga olib, rasmiy Pekin to‘g‘ri statistikalarni berib boryapti va vaziyatni nazorat qilyapti, deyish mumkin.

Yangi koronavirus

Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.

Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.

Virusdan halok bo‘lganlar soni 427 nafarga, u bilan kasallanganlar soni 20 623 nafarga yetdi. JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy virus Uxan'

Baholaganlar

446

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing