Toshkentda “hunar ko‘rsatgan” to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 26 may kuni Toshkent shahridagi yer osti yo‘lining birida to‘y kortejida bir nechta avtomobil xavfli manyovr qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur video Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, Lacetti haydovchisi 2001 yilda tug‘ilgan J.R. hamda 4 ta Mercedes-Benz haydovchilari 2000 yilda tug‘ilgan J.Y., 1988 yilda tug‘ilgan Sh.X., 1996 yilda tug‘ilgan D.Q. va 1984 yilda tug‘ilgan A.X.larga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, avtomashinalar jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, haydovchilar bilan profilaktik suhbat olib borilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

jarima haydovchilar to'y korteji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing