Toshkentda haydovchi YPX xodimini urib ketdi

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda haydovchi yo‘l patrul xizmati xodimini urib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar beromoqda. 

Voqea bugun, 18 oktyabr kuni soat 08:00 da Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida ro‘y bergan. 

Lacetti avtomobilini boshqarib kelayotgan 25 yashar haydovchi A.R. Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida o‘z xizmat faoliyatini olib borayotgan YHXB YPX inspektori, leytenant M.D.ni urib ketgan.

Toshkent shahar IIBB xodimi tan jarohati olgan va kasalxonaga olib ketilgan. Hozir unga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani aytiladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing