Toshkent jamoat transportida hozircha naqd puldan voz kechilmaydi
Jamiyat
−
25 dekabr 2020
31122021 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent shahrida jamoat tranportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tartibi butkul bekor qilinmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari A’zam Abdullayev ma’lum qildi.
“Viloyatdan kelgan fuqarolarga yoki xorijdan kelgan mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida hozirda naqd puldan voz kechmaymiz. Agarda yo‘lovchi tomonidan naqd pul taqdim qilinsa, avtobuslardagi mobil qurilmaning alohida qurilmasi orqali naqd pulda to‘lov qabul qilinadi va buning uchun chek oladi. Naqd puldan kelgusida aholimiz transport kartasiga o‘rganganidan so‘ng bosqichma-bosqich voz kechiladi”, deydi A’zam Abdullayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yagona transport kartasining besh xil turi bo‘ladi. Kartaning qisqa muddat amal qiladigan variantlari ham chiqariladi.
Avvalroq, 2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi