Toshkent yo‘llarida bir haftada 10 mingga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi
Jamiyat
−
13 noyabr 2019
3680Poytaxt Toshkentda o‘tgan hafta davomida 9 021 ta faktlar qayd etildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 4-10 noyabr kunlari IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan aniqlangan 1920 ta holat qo‘pol qoidabuzariliklar turiga kiradi.
Umumiy statistikaning ba’zi raqamlari bilan taqdim etilgan jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, avtomatlashtirilgan kameralar tomonidan qoidabuzarliklar qayd etilishi, mobil radarlar o‘rnatilishi, joylarda rasmiylashtirilayotgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar – bularning barchasi natijasida poytaxt haydovchilarida yo‘llarda o‘zini tutish madaniyati darajasi o‘sib bormoqda.