Toshkent yana dunyodagi eng havosi iflos shahar bo‘ldi
Jamiyat
−
15 mart
5420Bugun, 15 mart kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha yana 1-o‘ringa chiqdi. Bu bo‘yicha ma’lumotlar real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 10:00 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 224 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 44,8 barobarga ko‘p.
Ayni paytda esa Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 2-o‘ringa tushdi. Hozirgi holat JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 14,8 barobarga ko‘p.
JSSTga ko‘ra, havoning ifloslanish ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.
Eslatib o‘tamiz, 21 va 29 fevral kunlari ham Toshkent shahri dunyodagi havosi eng iflos shahar bo‘lgandi.
LiveBarchasi