Toshkent yana havosi eng iflos shaharlar qatoriga kirdi

Salomatlik

image

Toshkent shahri havosi tarkibida ifloslanish ortdi. O‘zbekiston poytaxti dunyoning havosi eng nosog‘lom shaharlari reytingida 8-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Mutaxassisga ko‘ra, havoda mayda PM-2,5 dispers zarrachasining me’yoriy qiymatlaridan ortishi havoning sifati “qoniqarsiz” darajaga tushishiga olib kelgan.

Mazkur ko‘rsatkich bilan poytaxt  Toshkent 12 oktyabr kuni soat 18:00 da dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanishi bo‘yicha 8 o‘rinni egalladi.

“Qozog‘iston poytaxti havosi ifoslanish darajasi ayni muddatlarida dunyo shaharlari ichida eng iflosi ekan”, deydi Abdulahatov.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyi boshida Toshkentga chang bo‘roni yopirilishi oqibatida shahar havosining ifloslanish darajasi rekord darajada ortib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

havo

Baholaganlar

237

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing