Toshkent viloyatining ayrim elektr ta’minoti korxonalari sudga berilishi mumkin

Jamiyat

image

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyatining ayrim elektr ta’minoti korxonalarini sudga bermoqchi. Bu haqda Qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Olmaliq shahridagi 279-sonli elektr transformatorga ulangan iste’molchilar ogohlantirilmasdan elektr ta’minotidan uzilgan. Natijada Toshkent viloyati Monopoliyaga qarshi kurashish hududiy boshqarmasi tomonidan “Olmaliq shahar elektr ta’minoti” korxonasi rahbari Anvarjon Urazaliyevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 178-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Olmaliq shahar ma’muriy sudiga hujjatlar yuborilgan.

Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi aholi elektr energiyasidan qarzdorlik sabab uzib qo‘yilgan. Keyinchalik tegishli to‘lovlar amalga oshirilib, korxonada tarmoqqa qayta ulash bo‘yicha arizalar mavjud bo‘lishiga qaramay, iste’molchilarni elektr tarmog‘iga qayta ulash ishlari kechikkan.

Yuqoridagi holat yuzasidan “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi 1-qismi buzilgani bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

“Toshkent hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonasi tomonidan ko‘rsatmaning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi 517-sonli buyruq qabul qilinib, unga asosan ko‘rsatilgan qonun buzilish holatlari shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari rahbar hodimlari bilan atroflicha o‘rganib chiqilgan va barcha rahbar xodimlar kelgusida qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Shunga qaramasdan, 20 noyabr kuni Toshkent tumanida qariyb 17 ming elektr energiya iste’molchisi qarzdorlik sabab, amaldagi tartib bo‘yicha ASKUE tizimi avtomatik ravishda ta’minotni to‘xtatgan. O‘z navbatida, yuqoridaga holat joyiga chiqib o‘rganilganda iste’molchilar tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzlar to‘langandan keyin ham elektr tarmog‘iga qayta ulanmagani aniqlangan. 

Shunga o‘xshash holat joriy yilning 21-22 noyabr kunlari Qibray va Zangiota tumanlarida ham qayd etilgan. 

Hozirgi kunda hududiy boshqarmaning joriy yil 29 oktyabr oyidagi ko‘rsatmasi bajarilmagani sabab Toshkent, Zangiota, Qibray tumani elektr tarmog‘i korxonalari rahbarlariga nisbatan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun ma’muriy sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

elektr ta'minoti

Baholaganlar

57

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing