Samarqandda 2 kishi mudhish YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 16 mart kuni soat 21:40 da Narpay tumani Mirbozor qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lining 105 kilometrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 2 kishi halok bo‘ldi.

Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qatnov qismini ajratib turuvchi beton to‘siqni buzib o‘tib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan “Gazel” rusumli mikroavtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan, natijada shu yo‘nalishda harakatlangan “VAZ 2106” va Nexia-2 rusumli avtomashinalar shikastlangan, ushbu avtomashina haydovchilari jabr ko‘rmagan.

YTH natijasida “Gazel” rusumli mikroavtobusning haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan, yana bir yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan, mikroavtobusda bo‘lgan 9 nafar yo‘lovchi va Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi turli xil darajada tan jarohat olib tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yo‘l-transport-hodisasi sabablari aniqlanmoqda. Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

231

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing