Toshkent viloyatidagi YTHda bir kishi qurbon bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Kecha, 22 mart kuni Toshkent viloyatida avtomobilning ag‘darilib ketishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi D.T “Yangibozor-Istiqlol” yo‘lida Nexia avtomobilini haydab ketayotganda boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi zovurga ag‘darilgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchisi S.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Mashina haydovchisi hamda 2 nafar yo‘lovchilari, E.G. va A.N. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing