Toshkent viloyatidagi portlashda jabrlanganlar ham bor

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi xonadonda gaz to‘planishi oqibatida portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik. Baxtsiz hodisada 2 kishi halok bo‘lgandi.

Toshkent viloyatidagi hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani,  “Surum” MFY,  Namunali uy ko‘chasida joylashgan 1-uyning isitish qozonidan tabiiy gazning sizib chiqishi natijasida yuz bergan portlashda qurbonlardan tashqari yana 4 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Jabrlanganlar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari va viloyatning tegishli mutassaddi rahbarlari, Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markazi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari chiqishgan.  

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati portlash

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing