Toshkent viloyatidagi muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
16 avgust 2021
7552Avvalroq, Toshkent viloyatining Ohangaron va Olmaliq shaharlarida jami 39 nafar fuqaro zaharlanish alomati bilan shifxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Bunga muzqaymoq sabab bo‘lgani aniqlangandi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olmaliq shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada bolalar ommaviy zaharlangandi. Dastlab, 25 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Keyinroq, ularning soni 32 nafarga yetgan. Zaharlangan bolalarga “botulizm” tashxisi qo‘yilgan. Oqqo‘rg‘ondagi zaharlanishni O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga binoan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev joyiga chiqib o‘rgangan.
Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi