Toshkent viloyatidagi metan “zapravka”da “Jiguli” yondi
3-sahifa
−
15 yanvar 2024 7597 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi metan "zapravka"da "Jiguli" yonayotgani aks etgan video tarqaldi.
Viloyat IIBB matbuot xizmati voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yong‘in 13 yanvar kuni soat 22:00 larda O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro G.K. ga tegishli bo‘lgan "Vaz2107" rusumli avtomobilga gaz quyish vaqtida kelib chiqqan.
Oqibatda avtomobil qisman yongan. Ushbu yong‘in tufayli fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.
Live
Barchasi