Toshkent viloyatidagi qator avtomobil yo‘llari 4 kunga yopiladi

Jamiyat

image

Velosportning shosse turi bo‘yicha “Oqtosh-Chorbog‘ Mountain” xalqaro musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 10-11-13-14 may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Yuqorichirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Quyida 4 kun davomida transport vositalari harakati to‘liq cheklanadigan hududlar ro‘yxati keltirilgan. 

10 may kuni Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tgan 4P10 “Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 80-70 kilometri (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi) oralig‘ida;

11 may kuni Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 “Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 54-kilometridan (Gazalkent shahriga kirish) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l, 4P6 “Toshkent.sh - Chirchiq.sh – Chimyon” avtomobil yo‘lining 52-kilometridan (Gazalkent futbol o‘yingohi) 56-kilometr (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) oraliqlari, shuningdek, 4P10 “Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi va “eski bochka” oraliqlari);

13 may Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 “Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 34-kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko‘prigi) 54-kilometriga (Gazalkent shahriga kirish) qadar;

14 may Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 “Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 17-kilometridan (Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofi) 75-kilometrigacha (“Bochka” ovqatlanish joylari) bo‘lgan yo‘l, 4P6 “Toshkent.sh - Chirchiq.sh – Chimyon” avtomobil yo‘lining 56-kilometridan (Glavasoy qishlog‘iga chiqish joyi) 72-kilometrigacha (Amirsoy dam olish maskani) bo‘lgan yo‘l oraliqlari, shuningdek, 4P10 “Chorbog‘ suv ombori halqa yo‘li”avtomobil yo‘lining 80-82-kilometr oraliqlari (Chorbog‘ suv ombori ko‘prigi va “eski bochka” oraliqlari)da transport vositalari harakati to‘liq cheklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

xalqaro musobaqa avtomobil' yo'llari Oqtosh-Chorbog' Mountain

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing