Davlat organlari xodimlari o‘rtasida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi
Sport
−
05 noyabr 2020
81252021 yildan har ikki yilda bir marta talabalar o‘rtasida kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda 4 noyabr kuni qabul qilingan Prezident qarorida so‘z boradi.
Ma’lum qilinishicha, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xalqaro musobaqa, xorijiy davlatlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar o‘tkaziladi.
“2020 yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “O‘zbek polvoni” respublika musobaqasi o‘tkaziladi”, deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, 2021–2025 yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Shuningdek, 2021/2022 o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.
“Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdqilandi”, deyiladi xabarda.
Konsepsiyada, jumladan, 2028 yilda kurashning Xalqaro olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishiga erishish ko‘zda tutilgan.