Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda

Bu qiziq

image

Toshkent viloyatidagi eng katta muzlik shiddat bilan erimoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti, Germaniya yer tadqiqotlari ilmiy markazi hamda Yashil Markaziy Osiyo tashabbusi loyihalari asosida Toshkent viloyatidagi eng katta Paxtakor muzligiga navbatdagi ekspeditsiya  amalga oshirilgan. Paxtakor muzligiga dastlabki ekspeditsiya o‘tgan 2023 yil yozida amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda tadqiqotchilar muzlik tiliga 3 metrli qoziq burg‘ilab o‘rnatib kelishgan edi. Joriy ekspeditsiyada esa qoziq muzlikdan ajralib qolgan. Chunki muzlik bir yil ichida 20 metr ortga chekinib, muz tili 3 metrgacha erib tugagan. Tadqiqotchilar qimmatli meteostansiya ma’lumotlarini olishdi.

Ma’lumot uchun, Paxtakor muzligi – Toshkent viloyatining borish qiyin bo‘lgan Oygaing qor ko‘chki meteorologik stansiyasidan (bu ob’ektdan keyin hech qanday bino ob’ekti mavjud emas) naqd 35 km uzoqda, viqorli tog‘lar orasida yastangan bo‘lib, muzlikka ekspeditsiya a’zolari naqd 2 sutkada piyoda yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

muzlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar