Toshkent viloyatida AYOQSH yonib ketdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 1 iyul kuni Toshkent viloyatidagi yoqilg‘i quyish shaxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi jarohatlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 00:45 da Toshkent viloyati Toshkent tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi “Obod kapital” MCHJga qarashli "OK Oil" yoqilg‘i quyish shaxobchasida chiqqan. Yong‘inni o‘chirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 12 ta ekipaji yetib kelgan. Yong‘in soat 1:24 da jilovlanib, soat 1:46 da to‘la bartaraf qilingan.

Yong‘in natijasida shaxobcha ishchisi 34 yoshli Sanjar K. kuygan va shifoxonaga yotqizilgan. Yong‘inda operator xonasining 40 kv m maydoni, MAZ rusumli benzin tashuvchi mashina va Matiz rusumli avtomobil yonib ketgan. Yong‘indan 150 kv m maydon va 50 tonna yoqilg‘ini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lingan.

AYOQSH zaxiralarini neft mahsulotlari bilan to‘ldirish vaqtida xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani yong‘in kelib chiqishining dastlabki sababi sifatida ko‘rilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Toshkent viloyati

Baholaganlar

66

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing