Toshkent viloyatidagi hayvonot bog‘ida sherlar qorovulni yeb qo‘ydi
Jamiyat
−
18 dekabr
1941Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan hayvonot bog‘ida 3 ta sher bog‘ qorovulini yeb qo‘ydi. QALAMPIR.UZ mazkur holatni batafsil o‘rganish maqsadida voqea sodir bo‘lgan joyga yetib keldi.
Holat joriy yilning 17 dekabr kuni soat taxminan tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. Hayvonot bog‘ida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri katak eshigi ochiq qoldirilganidan foydalanib, hayvonot bog‘i hududiga chiqib ketgan.
Sherlarni 44 yoshli qorovul katakka qaytarmoqchi bo‘lgan. Oqibatda yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni o‘ldirib, yemish sifatida tana a’zolarini iste’mol qilgan.
Mazkur holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalar qo‘llanilgan holda katakka qaytarilgan, 1 ta sher mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Shu kuni soat 10:00 da voqea joyiga tuman IIB navbatchilik guruhi, tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari va IIB maxsus qurollangan jangovar guruhi chiqib, voqea joyi va marhumning jasadi qoldiqlari ko‘zdan kechirgan hamda STE va DNK ekspertizalari tayinlangan.
Shuningdek, parkda mavjud bo‘lgan barcha yirtqich hayvonlar sanoqdan o‘tkazilib, ular joy-joyida ekanligi va kataklar mahkamlangan holdaligi aniqlangan.
Hozirda Parkent tuman prokuraturasi tergov-tezkor guruhi va Ekologiya vazirligi hamda “Toshkent hayvonot bog‘i” DM mutaxassislari tomonidan zarur tekshiruv va surishtiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Hududda yashovchi aholi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda hayvonot bog‘ining turarjoylar yaqinida joylashganidan norozi ekanini bildirib, ber necha organlarga murojjat qilgani, ammo o‘zlari kutgan javobni ololmaganini bildirdi.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘lganov esa QALAMPIR.UZ bilan suhbatda aholi tomonidan kelib tushgan arizalar haqida to‘xtalmadi, biroq voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi