Toshkent viloyatida 13 yashar qizning zo‘rlanishi bo‘yicha sud yopiq o‘tadigan bo‘ldi
3-sahifa
−
09 avgust 2023 6901 2 daqiqa
Toshkent viloyatida 13 yoshli qiz Milliy gvardiya xodimi tomonidan bir necha yil avval zo‘rlangani hamda mazkur holat bo‘yicha ish sudga oshirilgani haqida xabar bergan edik. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovga ko‘ra, ish yopiq sudda ko‘riladi.
Keltirilishicha, bugun, 9 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining ish yurituviga Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan ayblangan Sh.Sh.ga oid jinoyat ishi kelib tushgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining 2023 yil 29 iyuldagi ajrimi bilan unga nisbatan“qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan Sh.Sh. Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi bo‘lib, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 118-moddasida nazarda tutilgan holatlar bilan bog‘liq jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, ayblanuvchi Sh.Sh. mazkur holatni 2019 yilning yoz faslida Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir etgan. Jabrlangan qiz ota-onasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilgan. 2019 yilning yozida esa buvisining uyiga, Toshkent viloyati Qibray tumaniga kelgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni qiz dugonasi bilan birga bo‘lgan. Uyiga qaytayotganida uni buvisining qo‘shnisi Sh.Sh. kuch ishlatib, bir binoga olib kirgan va o‘sha yerda qizni zo‘rlagan. Qiz uzoq vaqtga qadar tahdidlardan qo‘rqib bo‘lgan voqeani hech kimga aytmagan. 2022 yilning fevral oyida qizning ota-onasi bundan xabar topib, Sharipovni javobgarlikka tortish uchun AQSHdan Toshkent shahriga yetib kelgan. Buning uchun ular turli davlat tashkilotlariga ariza bilan murojaat qilgan, ammo natija bo‘lmagan. Joriy yilning 29 iyul kuni mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, dastlabki sud majlislari o‘tkazilgan.
Live
Barchasi