Toshkent viloyatida “Imperator” qo‘l ostida bo‘lgan jinoiy guruh ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida qarz evaziga berilgan pullardan foiz sifatida 1000 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro 2022 yilning mart oyida o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan “Imperator” laqabli shaxsdan joriy yilning aprel oyida qaytarish sharti bilan 3800 AQSH dollari miqdorida qarz olgan.

Qayd etilishicha, fuqaro mazkur pullarning 3600 AQSH dollarini qaytargan. Qolgan 200 AQSH dollarini qaytarish vaqtini o‘tkazib yuborgani uchun uni "ko‘cha yechimi bilan hal etish" orqali qo‘rqitgan. Oqibatda “Imperator” laqabli shaxs undan  qolgan 200 dollarga yana 1000 dollar qo‘shib berishni talab qilgan.

Shundan so‘ng fuqaro Ichki ishlar organlariga murojaat qilib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Joriy yilning 17 aprel kuni olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jinoiy guruh yuqoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlangan. 

Ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruh yetakchisi muqaddam 6 marotaba sudlangani aniqlangan.

Holat yuzasidan 7 nafar shaxs Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati tovlamachilik jinoiy guruh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing