Toshkent viloyatida yigit sevgan qizini omma oldida do‘pposladi (video)
3-sahifa
−
13 may 2023
17230Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi do‘konlardan biriga xarid qilish maqsadida kirgan qizni bezori bir yigit do‘pposlayotgani aks etgan video xabarlar tarqaladi. Bu haqda “Zamon” dasturida ma’lum qilindi.
Keltirilishicha, mazkur voqea joriy yilning 10 may kuni Olmaliq shahridagi “Furqat” mahallasida yuz bergan. Yigit va qiz bir-birini yaxshi ko‘rib, turmush qurish arafasida bo‘lgan. Yigit bir necha yil avval birinchi turmushi bilan ajrashgan, oilasida yolg‘iz farzand bo‘lgan. O‘sha kuni kaltaklangan qiz Ichki ishlar organiga bergan arizasini qaytarib olishini hamda ular o‘rtasidagi kelishmovchilik katta janjalga aylanib ketganidan afsusda ekanligini aytgan.
“U meni ko‘chada yurishimni xohlamadi, qizg‘andi. Shu sabab uyga borishimni istadi. Bir yildan beri gaplashib kelamiz. Kelishmovchilik hammaning orasida bo‘lib turadi, faqat bizda emasku. Da’voyim yo‘q, uni yaxshi ko‘raman”, deya izoh bergan qiz.
Ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan 11 may kuni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1- qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, tergov harakatlari olib borish uchun shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan. Qizning olgan tan jarohatlari bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
LiveBarchasi