Toshkent viloyatida yigit 17 yoshli do‘stini pichoqlab, o‘ldirdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi Yallama qishlog‘ida 17 yoshli yigit o‘z sinfdoshi tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda “Millar” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea joriy yilning 6 iyun kuni tunda ro‘y bergan. Marhum o‘rtoqlari bilan ovqatlanish uchun uydan chiqib ketgan. Voqea mahallada joylashgan futbol maydonida sodir bo‘lgan. 

Marhumning tanishini so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li o‘rtoqlari bilan kelishmovchilikka borgan, so‘ngra uning do‘stlari bo‘yniga pichoq sanchadi. Uni pichoqlagan o‘rtog‘i avvaldan u bilan qalin bo‘lgan, lekin nima sababdan do‘stlar kelishmovchilikka borgani ochiqligicha qolgan.

Marhumning o‘rtog‘i ushbu voqeadan so‘ng ko‘rinish bermagan va uni hech kim topolmayapti. Mas’ullar ham voqea bo‘yicha izoh bermagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida 2003 yilda tug‘ilgan yigit 2006 yilda tug‘ilgan tanishini o‘zaro kelishmovchilik sabab pichoq bilan jarohatlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Chinoz pichoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing