Toshkent viloyatida uy yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
07 fevral 2025 9068 1 daqiqa
Bugun, 7 fevral kuni Toshkent viloyatida joylashgan uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:22 da Yuqori Chirchiq tumani “Iyk-Ota” MFY O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in o‘chirish ekipajlari yong‘in joyiga soat 16:29 da etib borib, alanga soat 16:37 da o‘rab olingan va soat 16:47 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasining omborida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025