Toshkent viloyatida o‘raga tiqilib qolgan 5 yashar bola qutqarildi
Jamiyat
−
19 may
5080Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tumanning Mehnat Fozilov mahallasida joylashgan uylarning birida uy egasining 5 yoshli nabirasi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlisidagi suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketgan. Uy egalarining o‘zlari bolani o‘radan chiqarib olishga harakat qilishgan, ammo barcha ishlar samarasiz bo‘lgan. Shundan so‘ng FVBga bolaning tizza bo‘g‘imlari bukilgan holda siqilib qolgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Aytilgan manzilga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida o‘radan bolani hech qanday talafotlarsiz, sog‘-salomat chiqarib, yaqinlariga topshirgan. Bolaning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli tibbiyot xodimlariga murojaat qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida 2 yoshli bola 5 metr chuqurlikdagi hojatxonaga tushib ketgandi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uni pastdan sog‘ holatda olib chiqqan.
LiveBarchasi