Toshkent viloyatida o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
3-sahifa
−
28 noyabr
4395Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida maktab o‘quvchisi informatika o‘qituvchisi tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2024 yil 9 oktyabr kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 6-umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi 34 yoshli M.A. (erkak) mazkur fandan qo‘shimcha dars o‘tayotgan vaqtida 9-sinf o‘quvchisi 2009 yilda tug‘ilgan Q.S. (o‘g‘il bola) dars jarayonida o‘qituvchini go‘yoki chalg‘itgani tufayli o‘quvchini haqorat qilib, urib do‘pposlagan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voyaga yetmagan Q.S.ga nisbatan jarohat darajasini aniqlash bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
“Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-maktabning 9-sinf o‘quvchisi bir nechta o‘quvchilar tomonidan jismoniy tarbiya darsida ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi