Toshkent viloyatida to‘rt tumanga yangi IIB boshlig‘i tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining joriy yilning 14 aprelidagi tegishli buyrug‘i bilan qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Podpolkovnik Azizbek Aliasqarovich Aliasqarov Toshkent viloyati IIBB 1-mintaqaviy hudud, Parkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Azizbek Aliasqarov tayinlovga qadar viloyat IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron tumani IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Erkinjon Irgashevich Boymuhamedov Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud, Bekobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Erkinjon Boymuhamedov tayinlovga qadar O‘rta Chirchiq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Ilg‘or Turg‘unovich Turg‘unov Toshkent viloyati IIBB 3-mintaqaviy hudud, Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ilg‘or Turg‘unov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasida bo‘linma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Dilshod G‘aniyevich Husanov Toshkent viloyati IIBB 4-mintaqaviy hudud, Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Dilshod Husanov tayinlovga qadar viloyat IIBB Birinchi mintaqaviy hudud Qibray tumani 3-sonli IIB boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

272

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing