Toshkent viloyatida tuman va shaharlar hududi o‘zgartirildi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Toshkent viloyatining qator tuman va shaharlar chegarasini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

Senatorlar Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Bekobod, Bo‘stonliq, Bo‘ka, Zangiota, Yuqori Chirchiq, Qibray, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari va Olmaliq, Chirchiq, Angren, Yangiyo‘l, Bekobod shaharlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

Hujjatga ko‘ra, Bo‘ka tumanidan 8,2 gektar Oqqo‘rg‘on tumani tarkibiga, Angren shahridan 143,6 gektar, O‘rta Chirchiq tumanidan 3278,9 gektar maydon Ohangaron tumaniga, Ohangaron tumanidan 2931,8 gektar maydon Angren shahri tarkibiga, Angren shahridan 1094,0 gektar, Bo‘stonliq tumanidan 312,2 gektar yer maydoni Parkent tumaniga, Parkent tumanidan 493,3 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumaniga, Bekobod tumanidan 588,6 gektar Bekobod shahri tarkibiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanidan 256,7 gektar Chirchiq shahri tarkibiga, Zangiota tumanidan 8,9 gektar yer maydoni Yangiyo‘l tumaniga, Yangiyo‘l tumanidan 286,9 gektar yer maydoni Zangiota tumani tarkibiga va 388,0 gektar yer maydoni Yangiyo‘l shahri tarkibiga, Yuqori Chirchiq tumanidan 60,1 gektar Qibray tumani  tarkibiga, Qibray tumanidan 1884,9 gektar maydon Yuqori Chirchiq tumani tarkibiga, 62,0 gektar yer maydoni Bo‘stonliq tumani tarkibiga, 1584,0 gektar yer maydoni Chirchiq shahri tarkibiga, Piskent tumanidan 286,75 gektar yer maydoni Bo‘ka tumani tarkibiga, 3564,6 gektar maydon Olmaliq shahri tarkibiga, Olmaliq shahridan 102,5 gektar yer maydoni Pskent tumaniga, Ohangaron tumanidan 23,1 gektar yer maydoni Olmaliq shahri tarkibiga o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

211

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing