Toshkent viloyatida trendga chiqmoqchi bo‘lgan Matiz haydovchilari jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir guruh Matiz rusumidagi mashina boshqaruvida bo‘lgan haydovchilar tomonidan yo‘lda xavfli harakatlarni amalga oshirilgani aniqlandi. Ular jarayonni tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar Bosh boshqarmasi YHXB Matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Bo‘stonliq tumanida bir necha Matiz rusumli mashina haydovchilari guruh bo‘lib harakatlangan holda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarni amalga oshirgan.

Shu kunning o‘zida Bo‘stonliq tumanida xizmat olib borayotgan inspektorlar tomonidan ushbu holat aniqlanib, Matiz avtomobili haydovchilariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga binoan bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

trend Matiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing