Toshkentda Matiz va Spark dahshatli YTH sodir etdi
3-sahifa
−
03 noyabr
7496Bugun, 3 noyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tungi soat 02:00 da Sergeli tumanining Mehrigiyo-Mirzo Tursunzoda ko‘chalari chorrahasida 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi D.U. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi va 1997 yilda tug‘ilgan L.A. boshqaruvidagi Matiz mashinasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda Matiz transport vositasining 2 nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida ikki piyoda vafot etgandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
LiveBarchasi