Toshkent viloyatida sudya sud hukmi xato yozilgani uchun jarimaga tortildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tuman sudi raisi Sanjar Isaqulov e’tiborsizlik bilan chiqargan qarori sabab jarimaga tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi. 

Bildirilishicha, R.B. va boshqalarga nisbatan chiqarilgan sud hukmi yozilishida jiddiy e’tiborsizliklarga yo‘l qo‘yilgan, xususan, sudyaning beparvoligi oqibatida uning (hukmning) loyiha varianti "E-XSUD" elektron bazasiga kiritilgan. 

Shu sababli, ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyat sudlari sudyalari malaka hay’ati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv davomida yuqoridagi ayblovlar o‘z tasdig‘ini topgan.

Shundan so‘ng, xizmat tekshiruvi yakunlari Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’atida muhokama qilinib, jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudi raisiga nisbatan jarima jazo chorasi qo‘llanilgan. 

Ma’lumot uchun, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunning 76-moddasiga ko‘ra, bunday holatda sudyaga ogohlantirish, hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima, malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish hamda vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish kabi intizomiy jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanjar Isaqulov raisligida “jin chiqarish” paytida 42 yoshli ayolni o‘ldirib qo‘ygan ikki erkakka hukm o‘qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent jarima sud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing