Toshkent viloyatida soxta sud majlisi o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘tkazilmagan sudni bo‘lib o‘tdi, deb rasmiylashtirgan sudyaga chora ko‘rildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi munosabat bildirdi. 
 
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati, Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi o‘tkazilmagan sud majlisini go‘yoki bo‘lib o‘tgan, deb qayd etib, tegishli sud hujjatini qabul qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan o‘z vaqtida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Toshkent viloyati sudlari sudyalari malaka hay’ati qarori bilan unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. 

Munosabatda hodisa qachon bo‘lgani, qanday hujjat qabul qilingani, sudyaning ismi-sharifi va unga nisbatan qo‘llanilgan jazo turi ochiqlanmagan. 

"Mazkur qarordan norozi taraf Sudyalar oliy malaka hay’ati va Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqiga ega. Shikoyat belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi", deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent viloyati soxta sud majlisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing