Toshkent viloyatida rasmga tushaman deb, daryoga tushib ketgan qiz vafot etdi
3-sahifa
−
16 iyun 2023
12926Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘quvchi qiz rasmga tushayotganda daryoga tushib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, mazkur hodisa joriy yilning 11 iyun kuni Bo‘stonliq tumanida yuz bergan. Tuman hududida joylashgan maktablardan birining 9-sinf o‘quvchilari o‘qituvchisi boshchiligida tog‘ yonbag‘riga aylangani chiqqan.
O‘quvchi qiz suratga tushish uchun daryo sohilidagi tosh ustiga chiqqan vaqtida ehtiyotsizlik tufayli suvga yiqilib, oqib ketgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, qizning jasadi topilgan.
Shuningdek, tuman prokuraturasi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Zaxariq” kanalida 6 yoshli bola cho‘kib ketgani haqida xabar berilgandi.
Muhsinjon Umurzoqov
LiveBarchasi