Toshkent viloyatida poyga uyushtirgan haydovchilarga chora ko‘rildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray va Yuqorichirchiq tumanlarini Toshkent shahri bilan bog‘lovchi, yangi qurilgan avtomobil yo‘lida bir guruh haydovchilar, tungi vaqtda, xavfli holatni yuzaga keltirgan holda poyga uyushtirganliklari aks etgan video lavha tarqaldi. 

Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, uch nafar haydovchi, ya’ni, 1993 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashovchi M.R. Audi rusumli, davlat raqam belgisi 01 T 297 SV bo‘lgan, 1992 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi T.Sh. Malibu-2 rusumli, davlat raqam belgisi 01 G 008 AB bo‘lgan va 1992 yilda tug‘ilgan K.A. Maserati rusumli, davlat raqam belgisi 01 490 NNA bo‘lgan transport vositalarida harakatlanish xavfsizligi talablariga zid ravishda, o‘zaro kelishuv asosida poyga uyushtirishgan.

Viloyat IIBB YHXB tomonidan ushbu video lavhada aks etgan barcha transport vositalari aniqlanib, ularning haydovchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi hamda ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 128-5-moddasi 2-qismi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati poyga

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made