Toshkent viloyatida avval 8 marta sudlangan soxta bank xodimi qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
02 may
4367Toshkent viloyatida muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs qayta jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi A.Sh. ismli ayol IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 28 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi, muqaddam 8 marta sudlangan 26 yoshli K.D. sodir etgani aniqlangan.
Unga ko‘ra, jabrlanuvchi K.D. jabrlanuvchi A.Sh.ga o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga onlayn kredit rasmiylashtirishda yordam beraman deya, soxta havola yordamida uning TBC bank ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, ro‘yxatdan o‘tgan va 28 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.
Bundan tashqari, K.D. asosan Telegram messenjeridagi "TBC BANK", "AGROBANK 24/7", "Nikain_tm" nomli profillaridan fuqarolarga xabar yozib hamda qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini "Muzaffar" hamda "Jamshidbek" deb tanishtirgan.
“Mazkur holat yuzasidan K.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi "b, g" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.