Mudofaa vazirligi Toshkent viloyati va poytaxt aholisini ogohlantiradi
Jamiyat
−
06 aprel
65433O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent viloyati va poytaxt aholisini asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq, bugun, 6 aprel kuni Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlanishidan ogohlantirdi. Bu haqda vazirlikning Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, bo‘linmalarning jangovar shayligini yanada oshirish, o‘zaro uyg‘unlik harakatlarini muvofiqlashtirish hamda professional darajada harakatlanish ko‘nikmalari va tayyorgarligini har tomonlama baholash maqsadida tashkil etilgan taktik o‘quvlarda harbiy okrug qo‘shinlari bo‘linmalarining zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harakatlanishi rejalashtirilgan.
“Harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilish tavsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi