Toshkent viloyatida poyezd ustida video olmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi
3-sahifa
−
15 mart 2023
8291Bugun, 15 mart kuni Toshkent viloyatidan o‘tuvchi “Chinoz” temir yo‘l bekatida tok urishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 14 mart kuni soat 15:18 da “Chinoz” bekatida ikki nafar bola poyezdning yuk vagoni ustiga chiqib olgan. Xavfli harakatlar oqibatida bolalar – 10 yoshli M.I. va 11 yoshli B.B. kontakt tarmog‘ining elektr ta’minoti kuchlanishida tan jarohatlar olgan.
Ikkala yosh bola ham zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biri – 20%, ikkinchisi – 80% tana kuyishi bilan jarohatlangan.
“Ushbu baxtsiz hodisada ham bolalar mashhur ijtimoiy tarmoqlar uchun videoga tushish va ko‘proq “layk” olishni maqsad qilganlar. Baxtsiz hodisa natijasida, ular nafaqat o‘zlariga, balki yaqinlari uchun ham katta musibat yetkazdilar”, deyiladi xabarda.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi