Toshkent viloyatida mayor 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida mayor unvonidagi ichki ishlar xodimi 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda ushlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” efirida ma’lum qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yangiyo‘l tuman ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni “Chinobod neft baza” mas’uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXX xodimlarining Prokuratura organlari bilan o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida u kelishilgan puldan 10 ming AQSH dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotgan vaqtida ushlandi.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimi 50 ming dollar pora bilan ushlangani haqida xabar bergan edik. U tadbirkorga yer ajratish uchun 1,4 million dollar talab qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing