Toshkent viloyatida mahallalar soni 41 taga kamaydi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatidagi 40 dan ortiq mahalla fuqarolar yig‘inlari poytaxtga o‘tkazildi. Shu sababli viloyatdagi mahallalar soni 1009 tagacha qisqardi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatdagi 1050 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan 41 ta MFY Oliy Majlis Senatining tegishli qarori asosida Toshkent shahriga o‘tkazilishi natijasida joriy yil 5 oktyabr holatiga ko‘ra mahalla fuqarolar yig‘inlari soni 1009 tani tashkil qiladi.

Shundan:

•    1007 nafari mahalla fuqarolar yig‘inlari
•    2 nafari jamoatchilik asosidagi mahalla fuqarolar yig‘ini hisoblanadi.

Tuman va shaharlar kesimida MFYlar taqsimlanishi:

•    Angren shahri - 47
•    Bekobod shahri - 35
•    Olmaliq shahri - 51
•    Chirchiq shahri - 44
•    Ohangaron shahri - 21
•    Yangiyo‘l shahri - 18
•    Nurafshon shahri - 22
•    Bekobod tumani - 51
•    Bo‘ka tumani - 42
•    Bo‘stonliq tumani - 59
•    Zangiota tumani - 72
•    Oqqo‘rg‘on tumani - 29
•    Ohangaron tumani - 29
•    Parkent tumani - 62
•    Piskent tumani - 29
•    Toshkent tumani - 68
•    Qibray tumani - 67
•    Quyi Chirchiq tumani - 37
•    O‘rta Chirchiq tumani - 57
•    Chinoz tumani - 55
•    Yuqori Chirchiq tumani - 45
•    Yangiyo‘l tumani - 69


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati mahalla

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing