Toshkent viloyatida Lasetti yuk poyezdi bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 aprel kuni Toshkent viloyatida yuk poyezdi va Lasetti to‘qnashuvi yuz berdi. Bu haqda Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli ma’lum qildi.

YTH sooat 05.55 da “Dalaguzar”-“Nazarbek” peregoni, 3367-kilometr 7 piketdagi pereyezdda sodir bo‘lgan. Lasetti avtomobili 2015-sonli yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgan.

Qayd etilishicha, bu qo‘riqlanmaydigan pereyezd hisoblanadi, kesishmada yo‘l harakatini tartibga soluvchi belgilar va svetafor o‘rnatilgan. 

“Svetaforning qizil chirog‘i yonib turishiga, to‘xtash signali ishlashiga, hatto to‘xtash belgisiga ham e’tibor bermasdan Lasetti avtomobili haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 116, 117 hamda 119-bandlarida ko‘rsatilgan qoidalarni qo‘pol ravishda buzganligi oqibatida mazkur holat yuz bergan”, deyiladi xabarda.

To‘qnashuv paytida tan jarohati olgan avtomobil haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yuk poezdi

Baholaganlar

685

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar