Toshkent viloyatida kanaldan eshak go‘shti topildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida 13 ta eshakning ichak-chavoqlari va suyaklari tashlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan tuman hokimligi munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, voqea tumanning “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida sodir bo‘lgan. Mahalla aholisi va mas’ullar bilan suhbatlashib, huquqbuzarlarni aniqlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Holat yuzasidan ishchi guruh tuzilgan va o‘rganish ishlari boshlangan. 

Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganovga ko‘ra, holat Toshkent viloyati IIBB nazoratiga olingan. 3 nafar shaxs shu ishga gumondor sifatida jalb qilingan va tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan. 

“Hozirda IIBB Karantin tadbirlarini tashkil qilish bo‘linmasi xodimlari tomonidan hamkorlikdagi tashkilotlar bilan Oqqo‘rg‘on tumanida aniqlanib, Ohangaronda fosh etilgan mazkur holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv va hududni dezinfeksiyalash ishlari olib borilmoqda”, deydi To‘laganov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda qo‘shnisiga tegishli eshakning qulog‘ini kesgan shaxs 15 sutkaga qamalgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

eshak go'shti Oqqo'rg'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing