Toshkent viloyatida qariyb 16 mlrd so‘mlik sifatsiz qurilish aniqlandi
3-sahifa
−
13 Sentabr 2023
5112Toshkent viloyatida qurilish sohasida 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar bajarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda 15,8 mlrd so‘mlik sifatsiz qurilish ishlari hamda 6,3 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari aniqlangan.
Jiddiy qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 63 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan bo‘lib, 12,6 mlrd so‘m zarar undirilgan. Shuningdek, 280 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan hamda 90 nafar shaxslarning huquqlari tiklangan.
Qayd etilishicha, hozirda viloyat hududida jami 457 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi