Toshkent viloyatida qalbaki 55 mlnni muomalaga kiritayotgan shaxslar ushlandi
Jamiyat
−
12 fevral 2021 9726 1 daqiqa
Joriy yilning 10 fevral kuni Toshkent viloyatida qiymati 55 millionga yaqin qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni muomalaga kirgizmoqchi bo‘lgan shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Tafsilotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan F.R. tanishlari 1997 yilda tug‘ilgan J.T. va A.A. bilan birgalikda noqonuniy ravishda qalbaki pullarni yasab, ularni muomalaga kirgizish maqsadida tayyorlaganida tezkor xodimlar tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Tadbir davomida ushlangan shaxslardan: 58 dona kesilgan, 490 dona qog‘ozda tayyorlanib kesilmagan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar, rangli printer, 2 quti maxsus qog‘ozlar, pichoq va boshqa buyumlar daliliy ashyolar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Toshkent tumani IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 176-moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr