Toshkent viloyatida isitish mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida 2021-2022 yilgi kuz-qish davrida isitish mavsumi 12 oktyabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatovning “2021-2022 yilgi kuz-qish davrida isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qaror bilan viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi hamda viloyat “Issiqlik manbai” ICHB markazlashgan issiqlik ta’minotining ishlash tizimini tekshirish hamda imkoniyatini aniqlash uchun 2021 yil 12 oktyabrdan boshlab issiqlik manbalaridan chiqadigan issiqlik energiyasini aylanma harakatini ishga tushirilishini ta’minlashi belgilandi.

Avvalroq, poytaxt Toshkentda isitish mavsumi 12 oktyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Poytaxtda dastlab ijtimoiy soha ob’ektlari, 14 oktyabrdan esa ko‘p qavatli turar joy binolari muntazam isitishga o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati issiqlik mavsumi

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing