Toshkent viloyatida inspektorni pichoqlagan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
20 iyun 2023
8579Toshkent viloyati Bekobod shahrida ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha inspektor xizmat vaqtida pichoqlangani, oqibatda u tan jaroxati olib, hozirda jonlantirish bo‘limida yotgani ma’lum qilingandi. Ekolog inspektorni pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Bekobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) "i" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, holatga shaxslarning o‘zaro kelishmovchiliklari sabab bo‘lib, janjal vaqtida fuqaro o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan tanishi M.F.ga qasddan tan jarohati yetkazgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi