Toshkent viloyatida eskirgan “dom”lar buziladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida mavjud avariya holatidagi va ma’nan eskirgan ko‘p kvartirali uylar buziladi. Bu bo‘yicha hujjat loyihasi Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan. 

Keltirilishicha, viloyatda eskirgan yoki yaroqsiz ko‘p kvartirali uy-joy fondi xatlovdan o‘tkazilgan hamda instrumental o‘rganishlar natijasiga ko‘ra 23 ta uy (366 ta xonadon) avariya holatida deb topilganligi sababli renovatsiya dasturi amalga oshiriladi.

Chirchiq, Olmaliq shaharlari, O‘rta Chirchiq, Bo‘stonliq, Qibray tumanlaridagi 1800 dan ortiq eskirgan uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholining buzilgan xonadoni maydoniga teng yoki undan kam bo‘lmagan kvadrat metrdagi xonadonni o‘rniga o‘rin ajratiladi.

11 oy muddatda mulkdorlarga uy topshirilgunga qadarya ularga ko‘p kvartirali uy-joy joylashgan tuman (shahar hokimiyatining mahalliy byudjet qo‘shimcha manbalari yoki tashabbuskor tadbirkorlar o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish sharti bilan vaqtinchalik ijaraga turar joy beriladi.

Qurilish ishlari belgilangan muddatda foydalanishga topshirilmagan taqdirda ijara loyiha tashabbuskori mablag‘i hisobidan qoplanadi.

Mulkdorlarga o‘ringa o‘rin ajratishdan ortgan kvartiralar prezidentning “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.

Mulkdorlarga o‘ringa-o‘rin ajratishdan ortgan kvartiralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan joriy etilgan bozor  asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi, shu jumladan, ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya xabarnomasi olgan fuqarolarga ustuvor tarzda realizatsiya qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati dom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made