Toshkent viloyatida erkak pichoqlab o‘ldirilgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Avvalroq Toshkent viloyatida 48 yoshli erkak boshqa bir erkakni pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi Bobur To‘laganov qo‘shimcha ma’lumotlarni ochiqladi. 

Qayd etilishicha, kecha, 8 avgust kuni soat 18:50 da Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi 102 xizmatiga Olmaliq shahri Ehtirom ko‘chasida janjal bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Shu zahoti shahar IIB tezkor tergov guruhi hodisa joyga yetib borgan. 

Aniqlanishicha, Jizzax viloyatida yashovchi 48 yoshli fuqaro Oybek (ismlar o‘zgartirilgan), Olmaliq shahriga ishlash maqsadida kelgan. U shahar hududida bundan 13 yil avval ajrashib ketgan, hozirda Olmaliq shahrida yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i Ziyodaning ikkinchi turmushi 57 yoshli Abror bilan birga ko‘rib qolib, rashk ortidan janjallashgan va pichoq olib, Abrorning qorin qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda 57 yoshli fuqaro olgan jarohatlari bilan Olmaliq shahar markaziy shifoxonasida vafot etgan. Ayblanuvchi IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 28 yoshli erkak kelishmovchilik sabab 23 yoshli amakivachchasini pichoqlab o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Toshkent viloyati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing