Toshkent viloyatida energiya tejamkor elektr stansiyasi quriladi
Jamiyat
−
30 iyul 2020
5379O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-2023 yillarda Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida “Yangi 500 kV kuchlanishli “Halqa” nimstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr tarmoqlarini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilandi.
Loyiha doirasida quvvati 1 400 MVA bo‘lgan 500/200/10 kV kuchlanishli, yillik elektr energiyasini taqsimlovchi zamonaviy energiya tejamkor nimstansiya qurilishi, umumiy uzunligi 410 km elektr uzatish tarmoqlari qurilishi ko‘zda tutilmoqda.
Qarorga ko‘ra, loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari mablag‘lari jalb etilishi hamda loyiha doirasida xalqaro tender savdolari o‘tkazilishi belgilandi.