Toshkent viloyatida chiqindixonadan ayol jasadi topildi
Jamiyat
−
21 May 2019 13041 1 daqiqa
Kecha, 20 may kuni 14:00 larda Bekobod shahar, “O‘zbekiston” mahallasi, Istiqbol ko‘chasi, 22-uyning ro‘parasida joylashgan chiqindixonada Bekobod shahar, Me’mor (Abbasova) ko‘chasida yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro R.M.ning (ayol kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda mazkur og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr