Toshkent viloyatida bir guruh odamlar norozilik bildirib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha odamlar ish faoliyatidan norozi bo‘lib, A-373 yo‘nalishining Angren shahar hududi yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan videoxabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan bugun, 2 avgust kuni Angren shahar hokimligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yil 10 iyul kuni “S. T” MCHJ ishchi-xodimlaridan bir guruhi ishtirokida yuz bergan. Xodimlar korxona rahbariyatining besh kunlik ish tartibidan olti kunlik ish rejimiga o‘tish taklifidan norozi bo‘lgan. Buning ortidan noroziliklarini bildirish maqsadida “Ohangaron” ko‘chasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

O‘sha kuni shahar hokimi boshchiligida sektor rahbarlari va mutasaddilar voqea joyiga yetib kelgan va ishchi-xodimlarning e’tirozini tinglab, korxona rahbariyatiga murojaat qilgan.

Shahar hokimi va sektor rahbarlari, korxona ma’muriyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘zaro muloqotlar ishchi-xodimlarning foydasiga hal bo‘lgan.

“Muammo joyida bartaraf etilgan. Bugungi kunda korxonada 747 nafar ishchi-xodim qulay mehnat sharoitlarda, besh ish kuni tartibida faoliyat yuritayapti”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati norozilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing