Toshkent viloyatida ayiq o‘ldirilgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyatida aholi yashovchi hududda kezib yurgan qo‘ng‘ir ayiq otib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, ayiq Angren shahri Dukent qo‘rg‘onida joylashgan aholi yashash punktida ko‘rilgan.

Ushbu holat yuzasidan shu vaqtning o‘zida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat IIBB 2-mintaqaviy hudud PPX xodimlari va Angren shahar IIB tomonidan ushbu ayiq ushlanib xavfsiz joyga joylashtirilgan. 

Hozirda ayiq sog‘-omon va xodimlar qo‘riqlovida. Bugun tongdan uni yovvoyi tabiatga qaytarish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

ayiq

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing